PYTHON
Inson karrasiga o‘sishi uchun bitta narsani bilsa yetadi: o‘zining kuchli tomoni nimada? Aynan shu narsani bilib olish kerak.
Har bir odam o‘zining kuchli tomonini bilishi kerak. Agar siz kuchli tomoningizni bilsangiz, o‘sha kuchli tomoningizga urg‘u berish orqali karrasiga o‘sish juda ham oson.
Kuchli tomonini bilmagan odam umuman oynaga qarab qolgan odamga o‘xshaydi. Qorami, oqmi, semizmi, ozg‘inmi, bo‘yi uzunmi, bo‘yi qisqami, o‘zi ham bilmaydi.
Xo‘p, endi savol tug‘iladi: kuchli tomon qanday topiladi?
Men o‘zim har doim eng oddiy usullardan foydalanaman va sizga ham shu narsani aytaman. Atrofingizdagilardan so‘rang. Kim bor atrofingizda? Eng yaqin insonlaringiz, ota-onangiz, qarindoshlaringiz, siz ko‘p vaqt o‘tkazadigan do‘stlaringiz bo‘lishi mumkin.
“Mening eng kuchli tomonim qaysi, nima deb o‘ylaysiz?” deb so‘rang.
Ana shu javoblarning hammasini bitta varaqqa yozing-da, eng ko‘p takrorlanganlarini ajratib oling. Ana o‘sha eng ko‘p takrorlangan jihatlar sizning eng kuchli nuqtangiz bo‘ladi.
Shu eng kuchli nuqtangizni aniqlab olganingizdan keyin, ko‘proq shu yo‘nalish bo‘yicha vazifalarni bajarishga harakat qiling. Ana shunda boshqalarga qaraganda uch-to‘rt barobar tezroq o‘sishga erishishingiz mumkin bo‘ladi, Xudo xohlasa.
297 ·