"Agar men eng zo‘r savdo menejeri bo‘lishni xohlaganimda nima qilgan bo‘lardim?
Oxirgi vaqtlar directga shunaqa savollar juda koʻp kelyapti. Shu savabli umumiy qilib javob berdim. Lekin javob uzunroq boʻldi.
1-qadam. Sotayotgan mahsulotga 100% ishonch xosil qilishim kerak.
Kompaniyada albatta ishlab chiqarish, xaridlar yoki xizmat ko‘rsatish bo‘limi bor. Ular ishlayaptimi, demak o‘z mahsulotini va ishini yaxshi ko‘radi. Men ularning oldiga borib shunday degan bo‘lardim: «Yigitlar, mendan kofe, menga o‘z qimmatli vaqtingizdan 1 soat ajratib bering. Nima va qanday qilayotganimizni eng mayda tafsilotlarigacha tushunmoqchiman. Sotayotgan narsamning ashaddiy fanatiga aylanishimga yordam bering. Menga barcha nozik taraflarini ko‘rsating». Yani sotayotgan xizmat yoki mahsulot xaqiqatdan ham mijozni ogʻriqlariga yechim boʻla olashiga ishonch xosil qilishim kerak.
2-qadam. Eng TOP xodim bilan uchrashuv.
Keyin eng natijali xodimni topib, uni ham kofega taklif qilardim. Agar bunday xodim bo‘lmasa bu rahbar yoki hatto kompaniya egasi bo‘lishi mumkin. Va shunday derdim: «Men jamoada juda qadrli o‘yinchi bo‘lishni xohlayman. Ko‘p sotish bo‘yicha bilgan barcha narsangizni aytib bering. Eng muhim qilinadigan va umuman qilish mumkin bo‘lmagan narsalar nima? Qanday finkalar, muvaffaqiyatli usullar bor? Menga hammasini aytib bering, eng zo‘r shogird bo‘lishga va'da beraman».
3-qadam. Hujum hajmi bo‘yicha birinchi bo‘lish.
Keyin 1 va 2-qadamdagi bilimlarni birlashtirib, eng ko‘p hajmda ishlaydigan menejer bo‘lishga harakat qilardim. Eng ko‘p uchrashuvlar, prezentatsiyalar o‘tkazish, eng ko‘p qo‘ng‘iroq qilish va bazaga(obrabotkaga) eng ko‘p mijozni olish. Bu bosqichda vazifa amaliyotni ko‘paytirish va bilimlarni qo‘llash. Shuning o‘zidayoq hayratlanarli natijalar bo‘ladi.
4-qadam. Yetakchilar safiga chiqish.
Bu yerda natijalar va bitimlar bo‘ladi, lekin hali ulkan bo‘lmaydi. TOP bo‘lish uchun — mendan sotib olmagan BARCHA mijozlarga qayta qo‘ng‘iroq qilib, shunday derdi…
Read in full →