Dasturchi sifatida tanlov qilish vaqti keldi
It is time to make a bet
Oxirgi bir necha yillarda dasturchilar hayoti tubdan o‘zgarib ketdi. Ishimizning kattagina qismini AI agentlar qilib bermoqda. Biz kundalik qiladigan ish esa shu AI agentlar bilan gaplashish bo‘lib qoldi.
Bu esa quyidagi narsalarni keltirib chiqarmoqda:
1. Brainrot: dasturlash qobiliyatimiz kundan kunga yomonlashib bormoqda. Bu tabiiy. Biror ishni qanchalik kam qilsangiz shu ishni qilish qobiliyatingiz yomonlashib boraveradi.
2. Satisfaction yo'q: ishimizdan "kayf" olmayapmiz. Oldin maza qilib soatlab biror muammo ustida chalg‘imasdan ishlay olar edik. "Flow state" ga tushar edik. Ishimizdan qoniqish olar edik. Hozir esa shu effektni beradigan ishni AI agentlar qilmoqda.
Kelajakda nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Balki bu narsa yomon emasdir. Balki hozirgi vaqt shunchaki adaptatsiya vaqtidir va keyinchalik bu jarayon yakun topgach ishimiz yana bir bor "kayf" olib kelishni boshlar.
Yoki, aynan shu brainrot va qoniqish yo‘qligi bir necha yildan so‘ng juda katta og‘riqqa sabab bo‘ladi. Yillab sport bilan shug‘ullanmasdan bir kun zalga chiqib tosh ko‘targanda qanday ahvolga tushamiz keyingi kuni? Xuddi shu kabi. Ketib qolgan bilimni qaytarib olish juda qiyin va og‘riqli bo‘ladi.
Shuning uchun ham menimcha tanlov qilish vaqti keldi.
Yo AI ni to‘liqligicha qabul qilamiz. AI agentlarga kod yozdirishda davom etamiz. Dasturlash qobiliyatlarimiz tushib ketishini qabul qilamiz. "Kayf" ni esa boshqa joydan qidiramiz. Menimcha bu boshqa joy "domain expert" bo‘lishda. Ya’ni qaysi sohada ishlasangiz o‘sha narsani zo‘r tushunishda. Bu "robotics" bo‘ladimi, "fintech" bo‘ladimi, "database" bo‘ladimi, "edtech" bo‘ladimi. Bu narsa oldin ham juda muhim edi. Shunchaki bundan buyog‘iga yanada muhimlashib borsa kerak.
Yo qandaydir "middleground" topish kerak. Balki "tab, tab, tab" usuli eng ma’qul keladigan usuldir, hozirgi zamon uchun. Ya’ni, oldingidek code yozishda davom etamiz, shunchaki funksiyani yoki…
Read in full →