Xo'rligim keldi, siqilyapman.
Ixtirolarga qarab qarsak chalavermasdan, shu qo'llarim bilan yuzimga tarsaki tushurishim kerak. Men kimman? Qayerdaman? Nima qilishim kerak edi-ku hozir nima qilyapman?
Bizning kashfiyotlar bizniki emas... Aksincha uni boshqalar amalga oshirmoqdalar. Biror narsa o'ylashga qo'rqib qoldim. O'ylasam uni ixtiro qilib qo'yishyapti. Biz nima qilishimiz kerak? Men nima qilay? NASA kislorod yaratdi, Xitoy robot armiya qurdi, xudo biladi buni kimga qarshi ishlatadi. Ilon o'zini Marsning imperatori deyapti. 3 litr suvni 1 litrli bankaga sig'dirmoqchi edim, shunday yuraversam uni ham boshqalar yaratsa kerak.
Qo'limizga chupa-chups berib bizni doiradan chiqarib yuborishdi. Ming afsus o'zimiz hohlamadik! Yengil taralariga qiziqdik va faqat foydalanuvchi bo'ldik! Hozir esa ularnining rangi, shakli, qaysi biri mazaliroqligini muhokama qilib, bir birimiz bilan baxslashib yuribmiz. Ha chindan ham Yerdagi ixtirolar bizniki emas. Biroq olimlar bizda edi, Yer bizga berilgandi. Otam Coca-Colani ichish uyoqda tursin, uning idishida choy ham ichmasdilar. Ularni endi tushunyapman. Qayerda bo'lsalar ham Alloh muhofaza qilsin!
Qo'rqyapman.
O'zim-ku vaqt topishga harakat qilyapman. Lekin turli tarmoqlarda foydasiz ishlar bilan mashg'ul bo'lib yurgan vaqti yo'qlar, chupa-chups xo'rlar mening farzandlarimga dars beradimi? Men qo'rqyapman. Nasib qilsa yaqinda farzandli bo'laman. Men juda qo'rqyapman.
Ichgim kelyapti.
Turi narsalarni o'ylayman. Ularning ko'pligidan charchab qolaman. Har kuni 24 soat tadqiqot qilishni istayman. Ammo fizik jihatdan buning iloji bo'lmayapti. Ilm sharobidan to'yib-to'yib ichgim kelyapti. Soham bo'yicha olimlar bilan ko'rishib, ular bilan turli mavzularni muhokama qilishni istayman. Biroq atrofimga qarasam...
Ketaman.
Menda hech narsa yo'q. Pul, networking, xattoki uyim ham. Biroq inshaa Alloh vaqtim bor! Katta ehtimol bilan keyingi kurslarni 1-2 sezon o'tib, shaxsiy rivojlanish maqsadida uzoqlarga ketaman... Oyga bo'lsa ham may…
Read in full →