4 yillik harakat.
4 yil oldin buyerlarda bo’lishimni hatto hayolimga ham keltirmagan edim. Bir paytlari orzu qilgan hayotimda yashayapman aslida. Boshdan nimalar o’tdi, nimalarni ko’rib yubormadi bu ko’z🥴.
Alhamdulillah Alloh qodir qildi.
Bu dunyo g'amlari ko'p tashvishga solsa, o'lim yaqinligi, bu dunyoda abadiy qolmasligim g'amlarimni aritadi. Lekin o'limdan keyingi hayotim esa hammasidan ko'ra ko'proq tashvishga soladi. Tayyormanmi ?
Inson hayotida bir martta bo'ladigan unutilmas kun bu nikoh kuni bo'lsa kerak 😅. Shu sababli hammangizni Nikoh marosimimizga hursanchilik bilan taklif etamiz. Kelsangiz faqatgina hursand bo'lamiz.
P.s/ Yeap finally we did it, Alhamdulillah 😊
Inson hayotida shunday voqealar bo'larkani buni shunchaki dars deb qabul qilishdan boshqa iloj yoq. Bugun bir sinfdoshim telefon qilib shunchaki to'yim uchun to'yona tashlab berishini va bu hechqanday qaytarishsiz ekanini, shunchaki sinfdosh bo'lganimiz uchun deb aytdi. To'g'risi men bu sinfdoshimdan bunday narsa kutmagandim, anchadan buyon gaplashmagandik yoki bu sinfdoshim bilan unchalik ham yaqin emasdik, shunday hijolat va uyalish bo'ldi buni tushuntirib bo'lmaydi.
Eng qizig'i yoshligimda bu sinfdoshim bilan qiziq bir voqea bo'lgandi. Yangi maktabga ko'chganman, rus tili darsida nazorat ishi uchun 200 somdan pul yig'ilgan payt so'raganda berganman va u pulni qaytarib bermagan. Bu pulimga rozi bo'lib ketganman lekin baribir esimda qolgan. Taqdirni qarangki aynan shu sinfdoshim shunday qildi. Deyarli begona, unga bir foydam teggan yoki o'tkazib qo'ygan joyim yoq, lekin bilmadim buni qanday tushuntirish mumkin. Alloh hohlasa shunday begona odamlarni yordamchi qilib qo'yar ekan. Eng qizig'i bu birinchi martta emas. Allahni marhamat qilsa mana shunday bo'lamikin deymanda yanayam O'zi bilguvchi.
Bu voqea menga juda qattiq ta'sir qildi. O'rganish kerak bo'lgan narsa ko'p ekan. Shunchaki odam ochiqko'ngil, ochiqqo'l bo'lishi kerak ekan. Biz kutmagan odamlardan ham o'rganadigan narsalarimiz ko'p ekan.
#myMindset
Hayoting oddiy lekin ko'pchilik e'tibor bermaydigan achchiq haqiqatlaridan biri - sizni o'zingizdan boshqa hechkim tushunmaydi. Yaniki hayotdan kimdandir sizni tushunishi va holatingizni anglab yetishini kutmang. Hammaning o'z haqiqati va to'g'ri deb bilgan yo'li bor va siz ularni ayiblay ham olmaysiz. Shunday ekan kimgadir o'zingizni ojiz yoki yordamga muhtojdek tutishni bas qiling chunki faqat o'zingiz o'zingiz taskin beruvchi bo'la olishingiz mumkin. Shuning uchun aytishsa kerak odam avval o'zini topishi kerak deb.
Men o'zimni topgandimmi ?
Agar istaklarning chegarasi bo'lmasa siz har doim kambag'al bo'lib qolaverasiz.
Boylik har doim ham cho'ntakdagi pul bilan o'lchanmaydi, boylik - bu sen o'zingdagi bor narsalarga qanoat qila olishingizda. Hechnimangiz bo'lmasa ham boy bo'laverasiz agar nazaringiz to'q bo'lsa.
Assalomu alekum. Buyerda ham yozmay qo'yibmane. Oila qurgach ko'proq vaqtimni oilaga qaratay deb boshqa narsalarga e'tibor berme qo'yibman 🙂. Oilali bo'lish yaxshi ekan shu deselar. Uyda kutadigan odam bo'larkan, e'tibor, ko'ngil hotirjamligi, issiq ovqat, toza kiyim hullas uylanish kerak ekan bo'ydoqlar 😁.
Erning ayoli uchun ovqat tayyorlashi qanchalik normal ?. Faqat ayol ovqat tayyorlashi kerak degan tushuncha noto’g’ri. Bazida ayol uchun ham tayyorlab turish kerak. Bu oradagi mehr-muhabbati, hurmatni, e’tiborni yanada kuchaytiradi.
Dam olish kunlari va ish kunlari ham iloji boricha yordam berishga yoki o’zim tayyorlashga harakat qilyapman. Chunki ayolim har kuni men uchun harakat qilmoqda. Unga yordam berish, e’tibor ko’rsatish, joyi faqat oshxonada emasligini sezdirish uchun harakatdaman.
Oxirgi 2 oyda kofega qattiq “o’tirib” qolyapman. Ichmasam boshim og’riydigan bo’pqopti. Bu yaxshi emas.
P.s:/ Bugun yangi kofe moshina keldi sinab ko’rvomman😁
Buyerda kompyuter meni yutkazayotkanding deb ko’rsatdi lekin kutilmagan burulish va o’yin tamom.
To’ygacha 78 kunlik to’xtovsiz streak qilgandim. Endi yana sekin qaytyapman.