English
Sign in
Open in Telegram
UUzpharmcontrol

Uzpharmcontrol

@uzpharmcontrol · channel · Health · indexed since 2026-05-23
12 545subscribers−45 in a week
3 213average post reach
25.6%ER — reach to subscribers
92posts in 30 days
Uzpharmcontrol
Photo
🟦🟦🟦🟦 Bugun — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun! 1991-yil 18-noyabr — tariximizdagi faxrli sana. Shu kuni, mustaqil davlat sifatida tanilgan xalqimizning eng muhim ramzlaridan biri — Davlat bayrog‘i tasdiqlangan. Bayrog‘imiz — bizning g‘ururimiz, o‘zligimiz va erkimiz timsoli. U faqat binolar tepasida emas, har bir yurtdoshning yuragida baland hilpiraydi. Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun barchamizga muborak bo‘lsin! Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍7🔥5
658 ·
Video
Nojoya_reaksiya_FMXM_16x9.mp4 · 23.5 MB
🟦🟦🟦 Sog‘liq xavfsizligi — sizning xabaringizdan boshlanadi! Dori vositalari yoki vaksinalardan keyin kuzatiladigan nojo‘ya reaksiyalarni e’tiborsiz qoldirmang! Bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, terida toshmalar yoki boshqa noodatiy holatlar haqida o‘z vaqtida xabar berish nafaqat o‘z salomatligingizni, balki boshqalarning ham xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi. «Farmakonazorat» milliy axborot tizimi orqali yuborilgan xabarlar mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, dori vositalari va vaksinalar xavfsizligini baholashda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Unutmang: bitta xabar — minglab insonlar salomatligi uchun muhim qadam! Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍3🔥3
322 ·
Photo
O‘zbekistonda dorilarni retseptsiz sotish qoidalari yangilandi O'zbekistonda dori vositalarini retsept bilan va retseptsiz beriladigan toifalarga ajratish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Yangi tartibga muvofiq, dori vositalarini retseptsiz beriladigan toifaga kiritish mezonlari takomillashtirilib, bunda ularning xavfsiz qo‘llanilishi, nojo‘ya ta’sirlari, noto‘g‘ri foydalanish va dozani oshirib yuborish xavflari, shuningdek, xalqaro tajriba va farmakonazorat natijalarini hisobga olish belgilandi. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
9 · 2K ·
Photo
🟦🟦🟦🟦 O‘zbekiston delegatsiyasi SÚKL direktori bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi Praga shahrida o‘tkazilayotgan Xalqaro kengash - ICH Assambleyasi doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Chexiya Respublikasining Dori vositalarini nazorat qilish davlat instituti (SÚKL) bilan farmatsevtika mahsulotlarini tartibga solish, klinik tadqiqotlar nazorati, inspeksiya faoliyati hamda mutaxassislar malakasini oshirish yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. 👉 Batafsil Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🔥6
346 ·
U
Video
Davlat_bayrogi_kuni_2026.mp4 · 29.0 MB
🟦🟦🟦🟦 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun Bundan 35 yil avval, 1991-yil 18-noyabr kuni davlatimiz suverenitetining muhim ramzlaridan biri — O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan. Bugun u xalqimizning milliy g‘ururi, mustaqilligimiz va yorug‘ kelajagimiz timsoli sifatida qadrlanadi. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🔥5👍3
3 · 870 ·
Uzpharmcontrol
Video
0911(2).mp4 · 49.0 MB
⭕️⭕️⭕️⭕️ Retseptli dori vositasini retseptsiz sotganlik uchun qanday javobgarlik belgilangan? Amaldagi qonunchilikka muvofiq, retsept bo‘yicha beriladigan dori vositalarini retseptsiz sotish holatlari aniqlanganda, aybdor shaxslarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha ma’muriy jarima qo‘llaniladi. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍1
22 · 2.9K ·
Photo
🟦🟦🟦 “Biocom” korxonasida dori vositalarini raqamli markirovkalash bo‘yicha tajriba loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi hamda “CRPT Turon” MCHJ mutaxassislari tomonidan Toshkent viloyatida joylashgan “Biocom” xususiy korxonasida dori vositalarini raqamli markirovkalash bo‘yicha tajriba loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Tashrif davomida korxonaning yangi tizimga tayyorgarligi baholanib, raqamli markirovkalash jarayonini samarali tashkil etish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi. 👉 Batafsil Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍6
5 · 839 ·
U
Photo
🟦🟦 Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida «Ochiq eshiklar kuni» o‘tkaziladi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" DMda korrupsiyaning oldini olish, faoliyatda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda jamoatchilik bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida 2026-yil 10-dekabrga qadar «Ochiq eshiklar kuni» tadbirlari tashkil etiladi. Mazkur tadbirlarda fuqarolar, ariza beruvchilar, farmatsevtika mahsulotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha mutaxassislar, kontragentlar, tadbirkorlik subyektlari vakillari, talabalar, jurnalistlar hamda Markaz faoliyatiga qiziquvchi barcha shaxslar ishtirok etishlari mumkin.. 👉 Batafsil Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👏4👍3
3 · 824 ·
Uzpharmcontrol
Photo
🟦🟦🟦 ICH ishchi guruhlari faoliyati yakunlari assambleya yig‘ilishida taqdim etildi Praga shahrida o‘tkazilgan ICH yig‘ilishlari doirasida Markaz vakillari biosimilyar dori vositalari va ilg‘or terapiya preparatlarining sifatini baholashga oid xalqaro ekspert muhokamalarida ishtirok etdi. Yig‘ilishlar yakunlari ICH Assambleyasiga taqdim etildi. 👉 Batafsil Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍1🔥1
1 · 1.5K ·
Video
10.5 MB
🟦🟦🟦🟦 Dorixona xodimi dori vositasi va tibbiy buyumni berish paytida nimalarga eʼtibor berishi lozim? Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, dori vositasi va tibbiy buyumni berish paytida dorixonaning farmatsevtik maʼlumotga ega bo‘lgan xodimi isteʼmolchilarga ushbu videodagi maʼlumotlarni taqdim qilishi kerak. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍2🔥1
19 · 1.8K ·
Photo
🟦🟦🟦 O‘ZAKK va Markaz mutaxassislari xitoyda guvohlik baholashini o‘tkazdi Xitoyning Guanchjou shahrida tibbiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonada O‘zbekiston akkreditatsiya markazi mutaxassislari tomonidan guvohlik baholashi o‘tkazildi. Unda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi vakillari ham ishtirok etdi. 👉 Batafsil Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🔥2
4 · 1.8K ·
Photo
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 O‘zbekiston delegatsiyasi IPRP xalqaro yig‘ilishida ishtirok etdi Praga shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro farmatsevtika regulyatorlari dasturi (IPRP) yig‘ilishida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etib, dori vositalarini tartibga solish sohasidagi xalqaro tajriba, zamonaviy yondashuvlar va regulyator tizimlarni takomillashtirish masalalari yuzasidan fikr almashdi. 👉 Batafsil Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍2🔥2
4 · 952 ·
U
Photo
🟦🟦🟦🟦 Mahalliy farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari bilan onlayn muloqot o‘tkazildi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi ma'sullari ishtirokida mahalliy dori vositalari ishlab chiqaruvchilari bilan onlayn muloqot o‘tkazilib, 20 nomdagi dori vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomalari muddatini uzaytirish masalalari muhokama qilindi. 👉 Batafsil Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🔥3
757 ·
U
Uzpharmcontrol
Video
davom.mp4 · 57.7 MB
#Live Sog‘liqni saqlash vazirligining Hay’at yig‘ilishi boshlandi. Ayni paytda vazir Eldor Adilov sohada amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi dolzarb masalalarni tanqidiy tahlil qilmoqda. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🔥5
3 · 549 ·
Uzpharmcontrol
Photo
🟦🟦🟦🟦🟦 O‘tgan haftada "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi faoliyatida ro‘y bergan muhim voqealar: 😎 O‘zbekiston delegatsiyasi Aligarh musulmon universiteti hamda Ibn Sino o‘rta asrlar tibbiyoti va fanlari akademiyasiga tashrif buyurdi 😎 O'zbekistonda dori vositalarini retsept bilan va retseptsiz beriladigan toifalarga ajratish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi 😎 «Darmon» axborot tizimida yangi elektron xizmat yo‘lga qo‘yildi 😎 AFDA sinov laboratoriyasi bilan hamkorlik: mutaxassislar malakasini oshirish va tajriba almashish yo‘nalishlari belgilandi 😎 ICH yig‘ilishlari doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Singapur HSA vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi 😎 Yana to‘rtta korxonaga O‘zMSt ISO 13485:2025 muvofiqlik sertifikatlari topshirildi 😎 «Farmakonazorat» milliy axborot tizimi orqali yuborilgan xabarlar mutaxassislar tomonidan o‘rganilishi ma'lum qilindi 😎 O‘zbekiston delegatsiyasi SÚKL direktori bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi 😎 “Biocom” korxonasida dori vositalarini raqamli markirovkalash bo‘yicha tajriba loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi 😎 Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida «Ochiq eshiklar kuni» o‘tkaziladi 😎 ICH ishchi guruhlari faoliyati yakunlari assambleya yig‘ilishida taqdim etildi 😎 O‘ZAKK va Markaz mutaxassislari xitoyda guvohlik baholashini o‘tkazdi 😎 O‘zbekiston delegatsiyasi IPRP xalqaro yig‘ilishida ishtirok etdi 😎 Mahalliy farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari bilan onlayn muloqot o‘tkazildi 😎 Sog‘liqni saqlash vazirligining Hay’at yig‘ilishi boshlandi 😎 Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
80 ·
Photo
🟦🟦🟦 Tibbiy jihozlarni raqamli markirovkalash bo‘yicha tajriba loyihasi doirasida ishlar o‘rganildi Tibbiy jihozlarni raqamli markirovkalash bo‘yicha tajriba loyihasi doirasida ishlab chiqaruvchi korxonalarning tayyorgarligini o‘rganish ishlari davom etmoqda. Shu maqsadda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi va “CRPT Turon” MCHJ mutaxassislari tomonidan “Eirene” MCHJ korxonasida o‘rganish ishlari olib borilib, raqamli markirovkalash tizimini joriy etish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi. 👉 Batafsil Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍1🔥1
4 · 1.2K ·
U
Video
FMXM_Biz_korrupsiyaga_qarshimiz_v2.mp4 · 72.3 MB
Korrupsiyaga qarshi kurashish — shaffoflik, halollik va qonuniylik tamoyillariga sodiqlik demakdir Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi faoliyatida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz munosabatda bo‘lish, ochiqlik va adolatni ta’minlash hamda fuqarolarning ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalardan biridir. Biz korrupsiyaga qarshimiz! Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🔥14👏13👍10
10 · 864 ·
Uzpharmcontrol
Video
Nojo'ya ta'sri.mp4 · 17.2 MB
🟦🟦🟦 Dori vositasining nojo‘ya ta’sirini sezdingizmi? Endi bu haqda xabar berish uchun ortiqcha vaqt sarflash shart emas! PharmUz mobil ilovasi orqali istalgan vaqtda, istalgan joydan onlayn xabar yuborishingiz mumkin. Ilovani App Store va Google Play orqali yuklab oling va farmakologik xavfsizlikni ta’minlashga o‘z hissangizni qo‘shing! Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🔥2👍1
2 · 1.1K ·
Video
1 (1).mp4 · 26.3 MB
🟦🟦🟦 Adolat — bu qonun ustuvorligi va har bir to‘g‘ri qarorning amaliy natijasidir. Jamiyatda halollik va shaffoflikni mustahkamlashda har birimizning ishtiroki muhim: korrupsiya holatlariga duch kelsangiz, befarq bo‘lmang va O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 1253 qisqa raqamli ishonch telefoniga xabar bering. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍2🔥2
1.1K ·
Photo
🟦🟦🟦 Markaz mutaxassislari ISO 15189:2023 xalqaro standarti bo‘yicha malaka oshirdi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi mutaxassislari Turkiya akkreditatsiya agentligi (TÜRKAK) tomonidan tashkil etilgan o‘quv kurslarida ishtirok etib, ISO 15189:2023 xalqaro standarti hamda o‘lchash noaniqligini baholash bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirdi. Trening TÜRKAK akkreditatsiya mutaxassisi Merve Meltem Kurt Soykan hamda professor, doktor Fehime Aksungar tomonidan olib borildi. 👉 Batafsil Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍7⚡2
1 · 494 ·
U
Photo
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 Iordaniya Oziq-ovqat va dori vositalari nazorati boshqarmasi (JFDA) bilan hamkorlikning yangi yo‘nalishlari belgilandi O‘zbekiston va Iordaniya farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishni rejalashtirmoqda. Ammanda o‘tgan uchrashuvda ikki mamlakatning vakolatli tashkilotlari o‘rtasida mutaxassislar almashinuvi, xalqaro standartlarni joriy etish va regulyatorlik tizimini takomillashtirish masalalari batafsil muhokama qilindi. 👉 Batafsil Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🔥6👍6
2 · 589 ·
Uzpharmcontrol
Video
3.mp4 · 27.6 MB
⭕️⭕️⭕️⭕️ Xabar ber — adolatni ta’minla! Sukut — korrupsiyaga imkoniyat, befarqlik esa uning davom etishiga zamin yaratadi! Korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘lish bilan birga, har birimizning huquq va manfaatlarimizga tahdid soladi. Bugun bildirilmagan bir murojaat ertaga yanada katta adolatsizlikka sabab bo‘lishi mumkin. Agar farmatsevtika sohasida qonun talablariga zid holatlar, xususan, manfaatlar to‘qnashuvi yoki korrupsiyaviy harakatlarga guvoh bo‘lsangiz, bu haqda bizga xabar bering: 🏷 Ishonch telefoni: (71) 203-01-01 (2385) 🏷 Telegram bot: t.me/uzpharmcontrolbot 🏷 Elektron pochta: [email protected] 🏷 Facebook: www.fb.com/uzpharmcontrol 🏷 Instagram: instagram.com/uzpharmcontrol Kelib tushgan har bir murojaat qonun talablariga muvofiq tarzda ko‘rib chiqilib, Markaz direktori tomonidan shaxsan nazorat qilinadi. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
⚡3👏2👍2
1 · 803 ·
Video
5553980834213780654.mp4 · 27.1 MB
Ochiq va samimiy muloqot hamda o‘zaro yuksak hurmat ruhida o‘tgan davlat tashrifi O‘zbekiston va Iordaniya munosabatlarida yangi, yorqin sahifa ochdi. — Государственный визит, прошедший в духе открытого и искреннего диалога, глубокого взаимного уважения, открыл новую, яркую страницу в узбекско-иорданских отношениях. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🔥10
1 · 949 ·
Video
Dori_saqlash_FMXM_16x9.mp4 · 27.6 MB
🟦🟦🟦🟦 Farmakonazorat: Dori vositalarini to‘g‘ri saqlashda nimalarga e’tibor berish kerak? Dori vositalarini noto‘g‘ri saqlash inson salomatligi uchun jiddiy zarar keltirib chiqarishi mumkin. Xo‘sh, ularni saqlashda qanday qoidalarga rioya qilish kerak? Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi yurtdoshlarimizga dori vositalarini uy sharoitida saqlashda amal qilish lozim bo‘lgan muhim qoidalarni eslatadi. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍1🔥1
6 · 1.8K ·
U
Photo
O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi Prezident Shavkat Mirziyoyevning Iordaniyaga davlat tashrifi doirasida ikki mamlakat o‘rtasida 19 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi. Kelishuvlar qatoridan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, sog‘liqni saqlash hamda farmatsevtika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ham o‘rin olgan. 👉 Batafsil Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍4🔥2
664 ·

An open public feed from the search index ChatCrawler — “Google for public Telegram”; refreshed as the venue is crawled. Times are UTC.

Public content only, official Telegram API. About · FAQ · Index limits · Remove a page · Catalog · Search · How we count